Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Z.-F.” xususiy korxonasi dorixona sotuvchisi B.M. jami 409 ta “Tebantin” va “Karbamazepin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaro M.M. ga 1 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan yana 60 dona “Tebantin” dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “L.7.” MCHJ rahbari Sh.E. va boshqalar MCHJ dorixonasida hech qanday hujjatsiz 20 dona “Gabapentin kanon” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A. ga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan yana 928 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring