Kuchli dovulda qolib ketgan oʻnlab odamlar bedarak yoʻqoldi

15:44 18 May 2021 Dunyo
1014 0

Hindistonning Mumbay shahrida yuz bergan kuchli dovuldan keyin oʻnlab odamlar bedarak yoʻqolgan. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Rasmiylarga koʻra, ular suvga gʻarq boʻlgan barja (yuk kemasi) boʻlgan. Dovul yuz bergan paytda uning bortida 270 kishi bor edi, ulardan 177 nafari qutqarib qolingan. Qidiruv-qutqaruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Choʻkib ketgan barja Hindiston neft va gaz korporatsiyasiga tegishli ekani va uning bortida asosan xodimlar va mutaxassislar boʻlgani aytilmoqda. Kuchli dovul tufayli kemaning langarlar ushlab turolmagan.

Hindistonning gʻarbiy qirgʻogʻiga urilgan dovul tufayli yana uchta barja ochiq dengizga chiqib ketgani xabar qilinmoqda. Ularda 700 nafar odam boʻlgan. Hindiston armiyasi qutqarish tadbirlariga uchta harbiy kema jalb etgan.

17-may oqshomida Hindistonga kirib kelgan Tauktae sikloni mutaxassislar tomonidan nihoyatda kuchli deb tasniflandi. Sohilda shamolning tezligi soatiga 100 kilometrga yetgan. Dovul tufayli 200 mingdan ortiq odam xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi. 12 kishi halok boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер