Kuch tuzilmalari tizimida ayol olimalarning ilmiy va kasbiy salohiyati yuksalmoqda
Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Gulnora Marufova “Kuch tuzilmalari tizimida olimalarning professional rivojlanishi va ilmiy yutuqlari” mavzusida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.
Mazkur tadbir 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan oʻtkazilib, ayollarning kasbiy va ilmiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratildi.
Tadbirda jamoat arboblari, Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan ayol harbiy xizmatchilar, Jamoat xavfsizligi universiteti kursant qizlari, “Temurbeklar maktabi” hamda Harbiy musiqiy akademik litseyi oʻquvchi-qizlari, shuningdek, Yunusobod tumanidagi taʼlim muassasalari talabalari ishtirok etdi.
Soʻzga chiqqanlar ayollarning jamiyat, fan va taʼlim sohalaridagi oʻrni, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda erishilayotgan yutuqlar xususida fikr bildirdilar. Ayniqsa, Milliy gvardiya tizimida faoliyat yuritayotgan ayollarning kasbiy mahorati va ilmiy salohiyati yuksak baholandi.
Tadbir doirasida videoroliklar orqali Milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilarning faoliyati va erishgan yutuqlari namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga gender tenglik, kasbiy oʻsish va ilmiy izlanishlar borasida ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring