Kubada millionga yaqin aholi suvsiz qoldi
Kubada millionga yaqin odam suvsiz qoldi. Jiddiy uzilishlar poytaxt aholisiga ham taʼsir koʻrsatdi.
Fuqarolar suv tankerlari, toʻldiruvchi idishlar atrofida toʻplanishmoqda. Rasmiylar zarur suv zaxiralarini yaratishga harakat qilmoqda va inqirozga yarim asrdagi eng dahshatli qurgʻoqchilik sabab boʻlganini aytishmoqda.
Qolaversa, suv quvurlari va umuman kommunal infratuzilma ham nihoyatda eskirgan. Bularning barchasi yoqilgʻi taqchilligi va doimiy elektr uzilishlari fonida, ayniqsa tropiklarning issiq iqlimini hisobga olgan holda juda muhimdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring