Kuba konstitutsiyasini o‘zgartiradi

Kuba davlati sovet davridan qolgan konstitutsiyani yangilashga qaror qildi. Bu haqda “Anado‘lu” axborot agentligi xabar bermoqda.
Manba xabariga ko‘ra, yangi prezident Miguel Dias-Kanel parlamentga yangi konstitutsiyani ishlab chiqish uchun 30 nafar nomzod ko‘rsatdi.
Sobiq prezident Raul Kastro rahbarlik qiladigan kengash a’zolari ro‘yxatini parlament tasdiqladi. Yangi konstitutsiya Kuba aholisida umid uyg‘otmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 19 aprel kuni Kubada prezident saylovi bo‘lib o‘tgan edi. Saylovchilar 60 yillik an’anaga chek qo‘yib, Kastro sulolasidan bo‘lmagan Miguel Dias-Kanelga ishonch bildirishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring