Kredit majburiyatlarini bajarish tartibi takomillashtiriladi

14:42 17 Yanvar 2024 Siyosat
397 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi.

Ushbu qonun loyihasida Fuqarolik kodeksiga jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan mikroqarz yoki kredit boʻyicha amalga oshirilgan toʻlov summasi agar qarz oluvchining majburiyatlarini bajarish uchun yetarli boʻlmasa, qarz oluvchining qarz majburiyatlarini mutanosib ravishda soʻndirilishini nazarda tutuvchi tartib belgilanmoqda.

Shu bilan birga, kredit boʻyicha qarzdorlikni va hisoblangan foizlarni undirish haqida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kredit boʻyicha foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻxtatilishiga oid oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilyapti.

“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunga esa mikromoliyalashtirish faoliyati deb eʼtirof etiladigan mikroqarz berishning eng yuqori miqdorini ellik million soʻmdan yuz million soʻmgacha oshirilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер