Kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziltepa tuman boʻlimi tomonidan AT “Xalq banki” Qiziltepa filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.Z.” MCHJ masʼul shaxslari “N.I.” fermer xoʻjaligiga ijara huquqi asosida ajratilgan yer maydonini hamda issiqxona inshootini MCHJga ajratilgan kreditning garov taʼminoti sifatida qabul qilinishiga erishib, jami 3,2 mlrd soʻm kredit mablagʻini naqdlashtirib olib oʻzlashtirganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Boysun tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "B.Y.” MCHJ rahbari F.B. 7 nafar fuqaroga hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 202 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini naqdlashtirib olganligi, shuningdek 122,8 mln soʻm soliqni toʻlashdan boʻyin tovlab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring