Kreativ iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 5 foizga yetkaziladi

17:59 17 Fevral 2026 Hujjatlar
575 0

“Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–64-son, 16.02.2026-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur qarorga koʻra, 2030-yilga qadar kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilangan:

  • kreativ iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga – 145 trln soʻmga yetkazish;
  • kreativ industriya mahsulotlari va xizmatlari eksportini 1 mlrd AQSH dollaridan oshirish;
  • sohada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida ish oʻrinlarini 500 mingtaga yetkazish.

Shuningdek, 2026–2027-yillarda 1-bosqichda quyidagilardan iborat Kreativ industriya parki infratuzilmalari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi:

  • sayr etish, dam olish va hordiq chiqarish, art-obyekt va monumental sanʼat asarlari hududlaridan iborat yashil bogʻ;
  • raqamli dizayn va dasturlash yoʻnalishida nufuzli xalqaro maktab;
  • buk-kafe, sport va vorkaut maydonchalari, mehmonxona;
  • badiiy ijodkorlar pavilyoni, kreativ ustaxonalar, ekologik ofis xonalari va kovorking markazi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер