Koʻzi ojizlar uchun aqlli koʻzoynak ishlab chiqildi
Ruminiyaning “Lumen” startapi koʻzi ojizlarga ochiq maydonlarda harakatlanishiga yordam beruvchi yoʻnaltiruvchi koʻzoynaklar yaratdi.
Qurilma kameralar va lidarlar (xuddi avtopilotdek) yordamida toʻsiqlarni aniqlaydi va keyin yoʻnalishni oʻzgartirish uchun tebranma harakat va ovozli signallardan foydalanadi.
Hozirda koʻzoynaklar yakuniy klinik sinovlardan oʻtmoqda. Ular 2024-yil oxirida sotuvga chiqishi kerak, biroq narxi hali eʼlon qilinmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring