“Koʻzboʻyamachilik”. Obodonlashtirishda ishlaydigan onaxon nimadan norozi boʻldi?

13:11 09 Mart 2025 Jamiyat
384 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Obodonlashtirish xizmatida ishlaydigan keksa yoshli xodimaning murojaati tarqaldi. Unda onaxon Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan bayramda sovgʻa berilgani, keyin esa qaytarib olinib, oʻgʻriga chiqarilganini aytgan. 

Holat keng muhokamalarga sabab boʻlgach, Toshkent shahri Yashnobod tuman hokimligi munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, kecha, 8-mart kuni Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Shahnoza Sultonova, Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov hamda tuman masʼullari mazkur xodimaning xonadoniga borib, uni bayram bilan tabriklagan hamda esdalik sovgʻalarini topshirgan.

Foto: Yashnobod tuman hokimligi

“Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, ayolning qoʻlidan sovgʻalarni olib qolgan shaxs boʻyicha tegishli choralar koʻriladi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер