Koronavirusning Janubiy Afrika Respublikasi shtammi AQSHgacha yetib keldi
Koronavirusning Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) shtammi AQSHga yetib keldi. U bilan birinchi zararlanish holati Janubiy Karolina shtatida aniqlangan. Bu haqda shtat sogʻliqni saqlash departamenti xabar bermoqda.
Bu yerda ikki kishi ushbu shtamm bilan zararlangani maʼlum boʻlgan, ammo ularning shaxsi oshkor qilinmagan. Hozircha mutaxassislar ular qanday yuqtirib olgani haqida maʼlumotga ega emas.
«Ushbu shtammning paydo boʻlishi bu xavfli virusga qarshi kurash hali tugamaganligini anglatadi. Biz “jang”ga tayyor turishimiz kerak», deydi departament direktori.
AQSHning yuqumli kasalliklar boʻyicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchi oldinroq mamlakatda JAR mutatsiyasining Buyuk Britaniya shtammidan oldin paydo boʻlishi tashvishlantirishini aytib oʻtgan edi.
2020-yilning 18-dekabr kuni JARda koronavirusning yangi turi aniqlandi. Oʻshanda JAR sogʻliqni saqlash vaziri mamlakatdagi koronavirusning ikkinchi toʻlqini ehtimol kasallikning ushbu mutatsiyasi bilan bogʻliqligini aytgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring