Koronavirusning yangi mutatsiyasi qanchalik xavfli?

17:08 21 Dekabr 2020 Dunyo
1420 0

Soʻnggi kunlarda Buyuk Britaniyada koronavirusning mutatsiyaga uchragani va juda tez tarqalayotgani xabarlar tarqalmoqda. Xoʻsh, koronavirusning yangi shtammi qanchalik xavfli?

Ushbu savollarga Moskva davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori Aleksey Agranovskiy quyidagicha javob berdi.

«Ushbu mutatsiyaning paydo boʻlishi yana bir bor mamlakatlar oʻrtasidagi chegaralarni yopish masalasini muhokamaga qoʻyishga majbur qiladi», deydi professor.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, yangi shtammning oʻzagida oʻzgarish yoʻq bu esa mavjud vaksinalarning unga qarshi samarali boʻlishini anglatadi.

Avvalroq, Yevropaning ayrim mamlakatlari koronavirusning yangi turi xavfi tufayli Buyuk Britaniya bilan parvozlarni toʻxtatishni maʼlum qildi. Xususan, Niderlandiya, Daniya, Norvegiya, Belgiya, Italiya, Avstriya, Germaniya, Portugaliya, Bolgariya, Litva, Latviya, Estoniya, Fransiya, Turkiya, Gonkong, Kanada, Saudiya Arabistoni, Isroil, Salvador, Kuvayt, Chexiya, Xorvatiya, Shveysariya, Marokash, Hindiston, Polsha, Finlyandiya, Argentina va Rossiya ushbu mamlakat bilan parvozlarni toʻxtatdi.

14-dekabr kuni Buyuk Britaniya Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkok ingliz olimlari maʼlum shtammlarga qaraganda tez tarqaladigan koronavirusning mutatsiyaga uchragan turini aniqlashganini maʼlum qilgan edi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ushbu mutatsiya virusning boshqa turlariga qaraganda 70 foiz tez tarqalishini aytib oʻtdi.

Kuchli epidemiologik vaziyat bois 20-dekabrdan Buyuk Britaniyaning janubi-sharqida va Londonda maksimal toʻrtinchi darajadagi cheklovlar joriy etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер