Koronavirusning «Omikron» shtammi Oʻzbekiston chegarasiga yetib keldi
Illyustrativ foto
Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusning «Omikron» shtammi bilan 8 ta zararlanish holati aniqlanganini maʼlum qildi.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, Olmaotada yetti kishi, Nur-Sultonda yana bir kishi ushbu mutatsiyani yuqtirib olgan.
«Omikron» versiyasining oʻziga xos xususiyati — infeksiyaning yuqori tarqalishi va qayta infeksiya xavfining oshishidir», deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi axborotida.
Taʼkidlashicha, «Omikron» “Delta” shtammidan 70-marta tezroq tarqaladi.
6-yanvar holatiga koʻra, Qozogʻistonda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlarning umumiy soni 990 ming nafardan oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring