Koronavirusni oʻldiradigan himoya vositasi ixtiro qilindi
Isroillik olimlar koronavirusni yuqori harorat yordamida yoʻq qiladigan koʻp marotabali yuz niqobini ixtiro qilishdi, deb xabar berdi Sputnik.
Texnion universiteti tadqiqot guruhi rahbari, professor Yaira Eyn-Elining taʼkidlashicha, koronavirusni yoʻq qilish uchun atigi 30 daqiqa vaqt kerak boʻladi.
Niqobda USB-port mavjud. U orqali smartfonniki kabi quvvat manbaiga ulansa boʻladi. Keyin niqob 70 darajagacha isiydi, bu esa koronavirusni yoʻq qilish imkonini beradi. Dezinfeksiyadan oldin himoya vositasini yechish kerak.
Mahsulotni ishlab chiqarish muhokama qilinmoqda. Uning narxi standart niqobning narxidan atigi 1 dollarga qimmatroq boʻlishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring