Koronavirusdan keyin hid va taʼm bilishni qanday tiklash mumkin?

19:33 25 Yanvar 2021 Dunyo
4866 0

Koronavirus soʻlak tarkibini buzadi, degan qarashlar bor. Shuning uchun u bilan ogʻrigan insondagi taʼm bilish xususiyati izdan chiqadi, retseptorlarga yetkazib berish funksiyasiga putur yetadi. Taniqli nevrolog va neyrofiziolog Aleksadn Budikning aytishicha, bu borada yana bir nuqtai-nazar mavjud. Unga koʻra, virus retseptorlarni zararlaydi va bu nafaqat taʼm, balki hid bilishning yoʻqolishiga olib keladi.

Odatda koronavirusga chalingan bemor organizmi kasallikning boshidayoq hid va taʼm qabul qilishni toʻxtatsa-da, bir necha hafta ichida ushbu sezgilar tiklanadi. Biroq sogʻaygandan keyin oylab mazkur xususiyatdan bebahra qolish holatlari ham tez-tez uchramoqda.

Budikning soʻzlariga koʻra, hid va taʼmni his qilishni qaytarish uchun maxsus trening oʻtkazish lozim. Har hafta kuniga bir necha marotaba 20 soniyadan turli iforlardan hidlab turish kerak. Bular chinnigul, sarimsoq piyoz, kardamon, dolchin kabi kuchli hidga ega oʻsimliklar boʻlishi mumkin. Ular organlarni faol ishlashga majbur qiladi.

«Organizm faollashgan organga eʼtiborini kuchaytiradi va barcha resurslar tananing ushbu aʼzosi faoliyatini tezda tiklab olishi uchun safarbar etiladi, — deydi shifokor. — Qoʻshimcha terapiya sifatida esa burunga A vitamini eritmasini tomizib turish, hafta davomida omega-3dan foydalanish mumkin».

Shularga parallel ravishda taʼm bilish sezgisi ham tiklanadi. Sababi taʼm va hid bilish tuygʻusi oʻzaro juda bogʻliq boʻlgani uchun birining yaxshilanishi ikkinchisiga ijobiy taʼsir qiladi, deydi Budik.   

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер