Koronavirusdan eng koʻp aziyat chekkan shahar maʼlum qilindi

15:27 13 Iyun 2020 Dunyo
777 0

120 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi Italiyaning Bergamo shahri koronavirusdan eng koʻp zarar koʻrgan hudud deb topildi.

Shahar meri Jorji Gori Nyu-Yorkdagi oʻlim koʻrsatkichi bilan taqqoslagan holda shunday xulosa qilgan.

Uning taʼkidlashicha, hozirgi holat oʻtgan yilning bahoridagi oʻlim koʻrsatkichidan keskin farq qiladi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Bergamo provinsiyasida koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq 13 mingta holat qayd etilgan, kamida 2800 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер