Koronavirusdan bolalar oʻlimi eng koʻp qayd etilgan mamlakat maʼlum boʻldi

01:20 06 Sentyabr 2020 Dunyo
1219 0

Illyustrativ foto

Indoneziyada SARS-CoV-2 koronavirusi tufayli yuzaga keladigan asoratlar tufayli bolalar oʻlimi darajasi dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biriga aylandi.

“Jakarta Post” gazetasining yozishicha, mamlakatda 17 yoshgacha boʻlgan 16 mingta holatda SARS-CoV-2tasdiqlangan. Ulardan 145 nafari vafot etgan.

Maʼlum boʻlishicha, ayni paytda mamlakatdagi oʻlim koeffitsiyenti ushbu xastalik sabab eng koʻp oʻlim qayd etilgan Amerika Qoʻshma Shtatlariga qaraganda 45 baravar yuqoridir.

Hozirda respublikada koronavirus infeksiyasining yangi holatlari rekord darajada koʻpaymoqda. Mamlakatda infeksiyani yuqtirganlar soni 184 mingdan oshib ketgan. Qariyb 8 ming kishi ushbu kasallik tufayli vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер