Koronavirus: Yurtimizda necha nafar bemorning ahvoli ogʻirligi aytildi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ayni damda Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat haqida axborot berdi:
– Ayni daqiqalarga kelib mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan roʻyxatga olingan bemorlar umumiy soni 2127 nafarni tashkil etdi. Ularning 60 foizi sogʻaygan va reabilitatsiya markazlariga oʻtkazilgan. Hozirgi paytda Jizzax va Qashqadaryo viloyatidan tashqari barcha hududlardagi yuqumli kasalliklar shifoxonalari va moslashtirilgan muassasalarda 847 bemor davolash muolajalarini olyapti. Ulardan 12 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir, deb baholanyapti.
59 mingdan koʻproq fuqaro karantin muddatini oʻtayapti. Ularning 45 ming nafari uy sharoitida, 14 mingdan ziyodi statsionar sharoitda karantinga olingan.
Kuni kecha 12 mingdan koʻproq laboratoriya tekshiruvi amalga oshirildi. Shu paytga qadar 317 mingdan koʻproq holatda virusologik tekshiruvlar oʻtkazilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring