Koronavirus yuqtirish xavfini qanday kamaytirish mumkin? Mutaxassis tavsiyasi
Illyustrativ foto
Toza havo oqimini doimiy ravishda taʼminlash orqali koronavirusi yuqtirish xavfini kamaytirish mumkin.
Bu fikrlarni allergolog-immunolog Vladimir Bolibok aytib oʻtdi.
Shifokor virus odam organizmiga nafas olish tizimi orqali kirib borishini taʼkidlar ekan, shu bois xonada muntazam ravishda toza havo oqimini taʼminlash va uydagi barcha sirtlarni tozalab turish kerakligini tavsiya qilmoqda.
Bolibokning fikricha, havodagi kislorod qancha koʻp boʻlsa, odamning nafas olish yoʻllari kasalliklariga bardoshliligi shuncha yuqori boʻladi.
Oldinroq, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Uyqu tibbiyoti markazi rahbari Aleksandr Kalinkin uyqusizlik tufayli virusli infeksiyalar, shu jumladan, koronavirus bilan kasallanish xavfi ortishi haqida aytib oʻtgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring