Koronavirus vasvasasi: “Tuz va uksusli suvda tomoq chayqalsa, virus yoʻqoladi?!“
Foto: www.google.com
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Koronavirus oʻpkaga oʻtishidan avval, tomoqda 4 kungacha saqlanib turadi, shu paytda yoʻtal va tomoq ogʻriq boshlanadi. Agar shu davrda koʻp suv ichilsa, tuz va uksusli suvda tomoq chayqalsa, virus yoʻqoladi” mazmunida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Koronavirus infeksiyasiga xos klinik belgilardan biri quruq yoʻtal hisoblanadi. Ogʻiz boʻshligʻini doimo hoʻllab turish organizm uchun juda foydalidir, chunki ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatdan iborat boʻlib, suyuqlik ichish hisobiga doimo nam holatda boʻlishi, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining tashqi muhitdan taʼsir qilayotgan mikroorganizmlardan, shu jumladan koronavirusdan himoya qiladigan qobiq sifatida taʼsir koʻrsatadi.
Tuz va uksusli suv yuqorida aytib oʻtilganidek, ogʻiz shilliq qavati butunligini buzilishiga va oqibatda turli xil kasalliklarni ogʻiz orqali yuqishiga olib keladi.
Shuni unutmaslik kerakki, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar, materiallar, feyk xabarlar va umuman, ishonchsiz axborotni har qanday shaklda tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring