Koronavirus tufayli Italiyada barcha, shu jumladan, A seriya oʻyinlari ham vaqtincha toʻxtatildi

15:07 10 Mart 2020 Sport
947 0

Juventus.com

Italiyada koronavirus epidemiyasi tufayli barcha sport musobaqalarini vaqtincha toʻxtatishga qaror qilindi. Futbol boʻyicha mamlakat bosh chempionati A seriya oʻyinlari ham 3-aprelgacha boʻlmaydi. Bu haqda ushbu davlat bosh vaziri Juzeppe Konte xabar berdi, deb yozadi Yevrosport.

“Hozirgi vaziyatda futbol chempionatidan tortib barcha sport tadbirlari vaqtincha toʻxtatilishi shart. Ushbu chora-tadbirlar ertadan kuchga kiradi”, — dedi hukumat rahbari.

Qayd etish joizki, Italiyada Ikkinchi jahon urushidan buyon ilk marta fuqarolarning erkin harakatlanishiga cheklov qoʻyildi.

Avval xabar berilganidek, Italiyada bir kecha-kunduzda 97 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер