Koronavirus tufayli Yevropada yana qatʼiy karantin joriy etiladi

12:44 04 Fevral 2021 Dunyo
1102 0

Yevropa Ittifoqi pandemiya sababli tashqi chegaralarni yopadi. Karantindagi davlatlar hududiga faqat koronavirus bilan kasallanish boʻyicha minimal statistik maʼlumotlarga ega boʻlgan mamlakatlarning aholisi kirishi mumkin. 

Chegaralari yopilgan davlatlarga soʻnggi 14 kun ichida 100 ming kishidan 25 dan ortiq boʻlmagan koronavirus qayd etilgan mamlakatlar aholisi kiritiladi. Ayniqsa mamlakatda yangi paydo boʻlgan shtammlar yuqish holati qayd etilmagan boʻlishi kerak. 

Bu shuni anglatadiki, Yevropa Ittifoqiga kirish juda cheklangan miqdordagi davlatlar uchungina ruxsat beriladi. Ular orasida Avstraliya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Ruanda, Singapur, Janubiy Koreya va Tailand bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер