Koronavirus tufayli 244 nafar fuqaromiz Saudiya Arabistonidan charter reys orqali olib kelindi

11:57 09 Mart 2020 Jamiyat
1258 0

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus tarqalishi munosabati bilan Oʻzbekistonning ziyoratni amalga oshirayotgan 244 nafar fuqarosini charter reys orqali Saudiya Arabistonidan olib keldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi vakili maʼlum qildi.

Maʼlumot uchun, Uzbekistan Airways 27-fevraldan boshlab Jidda va Madinaga reyslarni vaqtincha toʻxtatdi. Bu Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan koronavirus tarqalishi tufayli mamlakatga ziyoratchilar va turistlarning kirishiga vaqtinchalik cheklov oʻrnatilgani bilan bogʻliq.

Aviatashuvchi oʻshanda Saudiya Arabistonida ziyoratni amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun bir nechta charter reyslarni amalga oshirishini maʼlum qilgandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 1-fevraldan XXRga, 1-martdan esa Afgʻoniston, Eron, Italiya va Janubiy Koreyaga aviaparvozlarni vaqtincha toʻxtatgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер