Koronavirus sogʻliqni saqlash tizimidagi kamchiliklarni ochib berdi — vazir

00:07 09 Yanvar 2021 Jamiyat
977 0

Ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha 2020-yilda amalga oshirilgan ishlarning tanqidiy-tahliliy natijalari hamda 2021-yilgi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan matbuot anjumanida Sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev koronavirus mavzusiga toʻxtalib oʻtdi.

«Koronavirus sogʻliqni saqlash tizimini nafaqat imkoniyatlarini, salohiyatini koʻrsatdi, balki mavjud kamchiliklarini ham ochib berdi.

Soʻnggi yillarda sogʻliqni saqlash tizimiga juda katta ahamiyat berildi. Agar shu eʼtibor boʻlmaganida koronavirusga qarshi kurash boʻyicha erishgan bugungi natijaga mutlaqo erishmagan boʻlardik», dedi vazir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер