Koronavirus: Qozogʻistonda bemorlar soni 3079 nafarga yetdi
Qozogʻistonda koronavirus yuqtirish holatlari soni 3079ga yetdi, deb xabar berdi coronavirus2020.kz.
“Yana 16 kishi koronavirus bilan kasallangan, shu jumladan Olmaota viloyatida 1, Olmaotada 3, Chimkent shahrida 2, Mangʻistau viloyatida 10 nafar odam qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
29-aprel, 12: 50 holatiga koʻra, Nur-Sultonda 612 kishi, Olmaota shahrida — 927, Chimkent shahrida — 184, Aqmola viloyatida — 98, Aqtoʻbe viloyatida — 65, Olmaota viloyati — 114, Atirau viloyati — 131, Sharqiy Qozogʻiston viloyatida — 17, Jambil viloyatida — 113, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatida — 127, Qaragʻandi viloyatida — 139, Qostanay viloyatida — 45, Qiziloʻrda viloyati — 187, Mangʻistau viloyatida — 44, Pavlodar viloyati — 122, Shimoliy Qozogʻiston viloyatida — 30, Turkiston viloyatida — 124, jami 3079 bemor roʻyxatga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring