Koronavirus: Qoʻshnilarimizda vaziyat qanday?

18:21 07 May 2020 Dunyo
989 0

Foto: РИА Новости

2020-yil 7-may 10:25 holatiga koʻra, Qozogʻistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 4509 kishiga yetdi.

Bemorlarning 1408 nafari butunlay tuzalib ketdi. 30 ta oʻlim holati qayd etildi.

2020-yil 7-may 10:00 holatiga koʻra, Qirgʻizistonda koronavirusga chalinganlar soni 24 taga oshib, jami 895 nafarni tashkil etmoqda.

Bemorlarning 637 nafari tuzalgan, 12 kishi vafot etgan.

Tojikiston Sogʻliqni saqlash vazirligining xabar berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 379 kishini tashkil etmoqda. bemorlarning 8 nafari vafot etdi.

Afgʻonistonda 3397 nafar bemorda koronavirus aniqlangan, ularning 104 nafari vafot etgan, 458 kishi sogʻaygan.

Turkmanistonda esa hali rasman koronavirusga chalinganlar qayd qilinmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер