Koronavirus pandemiyasi favqulodda vaziyat qolipidan tashqariga chiqdi — JSST
“Covid-19” pandemiyasi odatdagi favqulodda vaziyat qolipidan tashqariga chiqdi.
Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasi davomida tashkilot direktori Tedros Gebreyesus aytib oʻtdi. Shuningdek, u “Covid-19” tasdiqlangan holatlar 50 million nafardan oshganini maʼlum qildi.
“Biz sogʻliqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarda odamlarni himoya qilishga sodiqmiz. Ammo “Covid-19” pandemiyasi shunchaki favqulodda vaziyat qolipidan tashqariga chiqdi”, degan Gebreyesus.
JSST rahbari, shuningdek, vaksinani mahsulot emas, balki jamoat foydasi sifatida koʻrish kerakligini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring