Koronavirus noyabrda yana avj olishi rostmi?

13:55 05 Aprel 2020 Jamiyat
1019 0

arxiv

Ijtimoiy tarmoqlarda: xorijiy ekspertlarning bashoratlariga koʻra, noyabr oyida ham virus boʻyicha epidemiologik vaziyat taranglashar ekan, degan xabarlar tarqalmoqda. Bu maʼlumot qanchalik asosli? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov javob berdi.

“Epidemiologik vaziyatning taranglashuvi va davom etish muddati toʻgʻrisida jtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan fikrlar va “Kasallik haqida bashoratchilar avvaldan aniq aytib, yozib ketgan ekan” kabi gaplarning barchasiga ishonavermang.

Butun insoniyat koronavirusga qarshi kurashga bel bogʻlagan, xalqimizda shunday gap bor “koʻpchilikdan quyon qochib qutulmaydi”, demak, ijobiy mazmundagi bashoratlarga umid qilib qolamiz”, deydi Otabekov.

Eslatib oʻtamiz, hozirgacha Oʻzbekistonda 298 kishida koronavirus aniqlangan. Shulardan 25 nafari bu darddan butkul forigʻ boʻlgan. 2 kishi esa vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер