Koronavirus mutatsiyasini tezkor tahlil qilish usuli ishlab chiqildi
Yaponiyaning Osaka va Xokkaydo universitetlari olimlari koronavirus infeksiyasi shtammining mutatsiyasini tezkor tahlil qilish usulini ishlab chiqdilar. Tadqiqot natijalari haqida batafsil “Cell Reports” jurnalida material chop etildi.
Taʼkidlanishicha, bunda ham “SARS-CoV-2” virusining klonlarini yaratishda PZR usulidan foydalaniladi va buning natijasida virus mutatsiyalarining biologik xususiyatlarini tezda tahlil qilish mumkin.
Bundan tashqari, ushbu usul “COVID-19” mutatsiyasini oʻrganish vaqtini ikki haftagacha qisqartirishga imkon beradi. Anʼanaviy usullarda bu jarayon uchun odatda bir necha oygacha vaqt zarur boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring