Koronavirus keyinchalik boshqa yuqumli kasallik epidemiyasini keltirib chiqarishi mumkinmi?

14:31 18 May 2020 Jamiyat
984 0

Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Koronavirus keyinchalik odamlar orasida boshqa yuqumli kasallik epidemiyasini keltirib chiqarishi mumkinmi?

Javob: Umuman, tabiatda inson uchun patogen boʻlgan har bir mikroorganizm (viruslar, hujayralar, bakteriyalar, parazitlar va hokazo) kasallikning muayyan shaklini keltirib chiqarishi mumkin.

Bir xil mikroorganizm har xil kasalliklarni keltirib chiqara olmaydi. Covid-19 virusi faqat koronavirus infeksiyasini keltirib chiqaradi.

Koronavirus infeksiyasi tufayli zaiflashgan immunitet natijasida odam boshqa yuqumli kasalliklardan zararlanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер