Koronavirus haqida 80 ta fakt. Bu sizga ushbu infeksiya haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlish imkonini beradi (1-qism)
Arxiv surat
Bugungi kunda dunyo OAVlarining asosiy mavzusi — koronavirus infeksiyasi. Kundan kunga dunyo boʻyicha tarqalish surʼati ortib borayotgan ushbu infeksiya haqida maʼlumotlar ham koʻpayib bormoqda.
Quyida dunyoning yetakchi mutaxassislari xulosalari va OAV tomonidan taqdim etilgan xabarlar asosida ushbu infeksiya haqida 80 ta muhim fakt jamlangan. Ushbu toʻplam koronavirus haqida tushunchalaringizni mukammal boʻlishiga yordam beradi, degan umiddamiz.
Eng muhimi, vahima qilmang. Davlat va mutaxassislar tavsiyalariga amal qiling. Uyda qoling! Bu bilan Siz oʻzingiz va yaqinlaringizni asragan boʻlasiz...
1-fakt. Covid-19 va SARS-CoV-2 bir xil tushuncha emas. Covid-19 — bu yangi koronavirus keltirib chiqaradigan kasallik(D- “disease” soʻzining qisqartmasi) boʻlsa, SARS-CoV-2 bu virusning oʻzidir.
2-fakt. CoV bu CoronaVirusʼning qisqartmasi. Tashqi koʻrinishidan tikansimon shohlari bilan quyosh tojini eslatib yuboradigan viruslar oilasi shunday nomlanadi. Ularning soni qariyb 40 ta.
3-fakt. Koronaviruslarni oʻzini boshqa qilib koʻrsatadigan qalloblarga oʻxshatishadi. Chunki uning har bir tikani uchi oʻzini xuddi foydali modda molekulasi qilib koʻrsatadi va bunga “uchgan” hujayra retseptorlari uni oʻziga tortadi, natijada tikan orqali hujayraga viruslar tarqaladi. Yuqish ana shunday kechadi.
4-fakt. “Yangi koronavirus”( novel yoki nCoV) atamasi bu ilgari nafaqat olimlarimiz, balki hujayralarimiz uchratmagan virusni anglatadi.
5-fakt. Ikki million yillik evolyutsiya jarayonida insonlarning immun tizimi aksariyat maʼlum boʻlgan infeksiyalarga qarshi kurashishni oʻrgandi. Ammo toʻsatdan paydo boʻlgan yangi koronavirus inson immun tizimini gʻaflatda qoldirdi — shu bois unga qarshi kurashish juda qiyin kechmoqda va infeksiya yuqtirib olish esa aksincha juda oson kechmoqda.
6-fakt. Hujayraga tushgan virus uning ustidan nazoratni qoʻlga oladi va hujayra uchun odatiy oqsillar oʻrniga oʻzining cheksiz nusxalarini ishlab chiqarishga majburlaydi. Shunday qilib zanjir reaksiyasi boshlanadi. Oqibatda hujayra nobud boʻlsa, infeksiya tashuvchi esa yuqumli boʻlib qoladi.
7-fakt. Yuqtirishning dastlabki bosqichida yangi koronavirus tomoq va yuqori nafas olish yoʻllarida faol koʻpayadi. Shundan soʻng pastga tushib, shamollashni chaqirgan holda oʻpkagacha yetib boradi.
8-fakt. Aynan shuning uchun ham yuqtirishning birinchi belgisi yoʻtaldir. Shundan soʻng harorat koʻtarilishi boshlanadi.
9-fakt. Yoki boshlanmasligi ham mumkin. Masalan, Uxanga kelgan bemorlardan 30 foizining tana harorati shifoxonaga olib kelinganda meʼyorida boʻlgan.
10-fakt. Virusni yuqtirib olganlarning baʼzilari(18 foizi yoki har beshinchi bemor)da esa hatto yoʻtal holati kuzatilmagan. Bunday paytda kasallik belgisiz oʻtadi. Odam hatto kasal ekanligini oʻzi bilmaydi.
Davomi bor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring