Koronavirus goʻdaklarda qanday kechadi?
arxiv foto
Olimlar koronavirus infeksiyasi homilador ayoldan tugʻilmagan bolasiga ham yuqishi mumkin degan xulosaga kelishdi. Ammo shunga qaramay, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda kasallik ogʻir shaklda juda kam uchraydi.
Tegishli maʼlumotlar rossiyalik pediatr Yelena Degtyaryova tomonidan maʼlum qilindi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, xitoylik shifokorlar COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgan 2 mingga yaqin bolaning salomatligini tahlil qilishgan.
Natijada aksariyat chaqaloqlarda (39 foiz) oʻrtacha alomatlar kuzatilgan. Har uchinchi goʻdakda virusning yengil holati, baʼzi hollarda esa kasallikning simptomlarsiz koʻrinishlari qayd etilgan.
Maʼlum boʻlishicha, COVID-19 koronavirus infeksiyasining ogʻir shakli chaqaloqlarning atigi 6 foizida uchraydi. Bundan tashqari, ushbu holatlarning aksariyatida chaqaloqlar boshqa xastaliklar bilan ogʻrishgan boʻladi.
Pediatrning taʼkidlashicha, bunday holatda bolani davolash uchun shifokorlar dori-darmonlarning individual dozalarini qoʻllashadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring