Koronavirus: Dunyoda vaziyat qanday?

10:31 22 Yanvar 2021 Dunyo
766 0

JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda 610 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 95 million 612 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 066 mingdan ziyod kishi vafot etgan (21.01.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 17:29 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 610 413 yangi holati aniqlandi, 14 569 nafar bemor vafot yetdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (22.01.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 09:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 97 million 476 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 088 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 24,037 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,610 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (8,573 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,655 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (3,505 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 152 937, Hindistonda 15 223, Braziliyada 62 094, Rossiyada 21 887, Buyuk Britaniyada esa 38 905 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер