Koronavirus davosi?! Chimkentliklar koronavirusga qarshi isiriq sotib olishmoqda
Foto: otyrar.kz
"Tengrinews"ning yozishicha, chimkentliklar halokatli koronavirusning oldini olish uchun xalq tabobati usullariga murojaat qilmoqda va antiseptik xususiyatlari bilan mashhur isiriqni birin-ketin sotib olishmoqda.
Ayrim bozorlarda isiriqning hammasi sotilib ketgan, shunga qaramay uni hali topish mumkin. Sotuvchilarning aytishicha, bozorlarda isiriq olishda hech qanday hovliqishlar yoʻq, lekin unga boʻlgan talab ortib bormoqda.
Xabarda aytilishicha, Chimkentdagi dorixonalarda tibbiy niqoblar yoʻq. Mutaxassislar u koronavirusdan himoya qilmaydi, deb aytmoqda. Tez orada doka niqoblar sotuvga chiqariladi, ular allaqachon buyurtma qilingan. Dorixonachilarning soʻzlariga koʻra, soʻnggi kunlarda qoʻl uchun antiseptik vositalarga talab oshgan. Ular allaqachon sotilib ketgan.
Qayd etilishicha, ayni paytda Qozogʻistonda koronavirusga chalinishning 4 ta holati tasdiqlangan. Dastlabki ikki holat Germaniyadan qaytgan qozogʻistonliklarda aniqlangan.
Keyinroq koronavirusga chalinishning uchinchi holati aniqlangan — Nur-sulton shahridan boʻlgan ayol Milandan qaytgan. Shundan keyin mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Dias Ahmadsharif kasallanishning toʻrtinchi holatini maʼlum qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring