Koronavirus bilan zararlangan bemor kasalxonani yoqib yubordi

16:56 12 Fevral 2021 Dunyo
1278 0

Foto: Reuters

Ispaniyada koronavirusni yuqtirib olgan bemor kasalxonaga oʻt qoʻydi. Bu haqda "Diario de Kadiz" gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Kadis shahridagi shifoxonalardan birida davolanayotgan bemor oʻzini chiqarib yuborishlarini talab qilgan. Uning bu istagi rad etilganidan keyin tarkibida spirt boʻlgan dezinfeksiyalovchi vositani matrasga toʻkib, yoqib yuborgan. Yongʻin oqibatida ikkita palataga jiddiy zarar yetgan.

Shifoxona xodimlar tezkorlik bilan bemorlarni evakuatsiya qilishga ulgurgan. Jabrlanganlar yoʻq. Oʻt qoʻygan bemor hibsga olingan.

Yongʻin tufayli olti qavatli kasalxonaning uch qavatida zarar yetgan. Shu bois shahardagi boshqa shifoxonalar va maktablar zarurat boʻlsa, bemorlarni qabul qilishni bildirgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер