Koronavirus bilan kasallanmaganlik toʻgʻrisida “spravka“ beriladimi?

16:09 19 Aprel 2020 Jamiyat
1249 0

Bugun AOKA huzuridagi shtabda boʻlib oʻtgan brifingda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibulla Oqilov qator dolzarb savollarga javob qaytardi.

Savol: Karantin davrida faoliyatini davom ettirayotgan davlat tashkilotlarida dezinfeksiya purkagichlar oʻrnatiladimi? Bunga zarurat bormi?

Javob: Virusni tashishda asosiy vosita qoʻllar ekanligini hisobga olib bunday sanitariya vositalarini oʻrnatish maqsadga muvofiq.

Hozirgi vaqtda sogʻliqni saqlash tizimidagi barcha muassasalar bu kabi vositalar bilan taʼminlangan. Boshqa davlat tashkilotlari ham oʻrnatishsa yaxshi boʻladi.

Har bir fuqaro shaxsiy gigiyenaga rioya qilishga shaxsan masʼul.

Savol: Karantin sabab joriy yil davomida boshqa davlatga chiqishda koronavirusga chalinmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma talab qilishadimi? 

Javob: Koronavirus bilan kasallanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berishning imkoni yoʻq.

Test natijasini olish mumkin, biroq u qancha muddatga amal qilishi alohida masala. Tahlil topshirish borasida bir qator xususiy klinikalarga koronavirusga tahlil olishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Savol: Yaqinda ayolimning koʻzi yoriydi. Uni tugʻruqxonaga shaxsiy mashinamda olib borsam jarimaga tortilmaymanmi?

Javob: Yoʻq. Oʻrnatilgan tartibga binoan, fuqarolar favqulodda holatlarda shifoxonaga yetkazish uchun shaxsiy avtomobilidan foydalanishi mumkin.

Bu haqda YPX xodimlari ham xabardor qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер