Koronavirus bilan kasallanganlarda ham bosh aylanishi mumkinmi?

16:17 21 Avgust 2020 Jamiyat
1999 0

Bugun Sogʻliqni saqlash vazirligi AOKAda navbatdagi brifingini oʻtkazdi. Unda vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva quyidagi muhim savollarga javob qaytardi:

- Opamda koronavirus belgilari barchaga oʻxshash yengil kechsada, negadir juda koʻp bosh aylanishi kuzatildi. Koronavirus bilan kasallanganlarda bosh aylanishi sababi nimada?

- Bosh aylanishi, aslida, boshqa kasalliklarga ham xos sindrom hisoblanadi. Mazkur alomat aynan koronavirusga xos emas.

Opangizda bosh aylanishi bilan kechadigan kasalliklari mavjud boʻlgan boʻlsa, koronavirus oʻsha kasalliklarni kuchaytirgan boʻlishi mumkin.

Bosh aylanishi — qon bosimi, bosh miya qon bosimi va turli xil boshqa kasalliklarga ham xos xususiyat boʻlib, bu holatni oʻtkazib yuborish yashirin kechishi mumkin boʻlgan kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi.

Opangiz kasallikdan tuzalgandan soʻng poliklinikaga chiqib, tor mutaxassislar va maxsus tekshiruvlardan oʻtishlari kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер