Belarusda koronavirusni yuqtirganlar 50 ming nafardan oshib ketdi

23:10 09 Iyun 2020 Dunyo
853 0

Belarusda 50 265 kishi koronavirus yuqtirdi. Oxirgi sutkada 812 ta yangi holat qayd etilgan boʻlib, shu vaqtgacha mamlakatda 644 mingdan ortiq test oʻtkazilgan. 24 502 ta bemor kasallikni yenggan.

“Mamlakat hududida infeksiya tarqalishi boshlanganidan buyon 282 kishi vafot etdi”, — deyiladi sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Eslatib oʻtamiz, Belarusda koronavirus pandemiyasi sababli keskin karantin choralari joriy etilmadi. Prezident Aleksandr Lukashenko bu qarorni iqtisodiy sabablar bilan izohladi va dunyodagi pandemiya bilan bogʻliq vaziyatni telbalik deb atadi.

9-may kuni Belarusda Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan parad oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер