Korxonada ishlab chiqarish koʻlami ortmoqda
Respublikamizda pandemiya sharoitida karantin qoidalariga zid boʻlmagan holda ish tashkil etayotgan korxonalar ijobiy natijaga erishmoqdalar. Jumladan, Boʻston tumanidagi “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi oʻtgan oyda 336 tona kalava ip eksport qilishga erishdi.
— Tumandagi 108 ta fermer xoʻjaligi bilan shartnoma tuzganmiz, —deydi korxona bosh muhandisi Kenjabek Abdurazzoqov. —250 nafar ishchimiz tomonidan har kuni 20 tonna kalava ip ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotimizga boʻlgan talab kundan-kunga ortib boryapti. Bu esa ishlab chiqarish koʻlamini oshirishga imkon yaratdi. Shu kunlarda qurilishi yakuniga yetayotgan fabrikamiz foydalanishga topshirilgach, yana 250 ta yangi ish oʻrni yaratamiz.
Oʻzbekiston Mustaqilligining 29 yillik bayrami arafasida korxona direktori Botirjon Qodirov davlatimiz rahbari Farmoniga binoan “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu nafaqat, tadbirkorni, balki, jamoa aʼzolarini ham ruhlantirdi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring