Koreyada ishlash imkoniyatlari kengayadi
Illyustrativ foto
Xorazm viloyatida aholi bandligini taʼminlash, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Janubiy Koreyaning “Cogent Global Mexico SRL CV” kompaniyasi ijrochi direktori direktori Min Beng Sol boshchiligidagi delegatsiyaning Xorazmga tashrifi ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga zamin yaratdi.

Janob Min Beng Sol Xorazm viloyati hokimi Farhad Ermanov bilan uchrashdi va Koreyada ishga joylashtirish boʻyicha yangi loyihaning taqdimotini oʻtkazdi. Shuningdek,koreys tili va dasturlash yoʻnalishlarida oʻqitish orqali fuqarolarni Koreyada qonuniy ishga joylashishi sohalarini aniqlab beradigan shaxsiyat testlari bilan tanishtirdi.

Tomonlar loyihaning barcha masalalari, xususan, test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish, Koreyada ishga joylashadigan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoyasi, ish staji yuritilishi kabi masalalarni muhokama qilishdi.
Odilbek Odamboyev,
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring