Koreyada “Global liderlik dasturi — 2023» loyihasi doirasida oʻquvlar tashkil etildi, unda Oʻzbekiston vakillari ham qatnashmoqda

16:00 25 Iyul 2023 Dunyo
420 0

Koreya Taraqqiyot instituti huzuridagi Davlat siyosati va menejment maktabi (KDI School of Public Policy and Management) tomonidan “Global liderlik dasturi — 2023» loyihasi doirasida xorijiy mamlakatlar vakillari uchun seminar tashkil qilindi.

Unda 35ga yaqin davlatdan vakillar, jumladan, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼul xodimi ishtirok etmoqda.

Seminarda ishtirokchilar Koreyaning raqamli texnologiyalar, yashil iqtisodiyot, ekologiya, suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi qator sohalardagi tajribasi bilan yaqindan tanishtirilib, amaliy mashgʻulotlar olib borilmoqda.

Shuningdek, seminar davomida ishtirokchilar Milliy axborot resurslar markazi, Mapo resurslarni qayta ishlash markazi, Global bilimlar almashuvi va taraqqiyot markazi, Koreya suv resurslari markazi, Seyjon va Inchuon smart shaharlar loyihalari bilan yaqindan tanishtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер