Koʻp qavatli uyda yashagan ayol oʻz onasining jasadini oʻn yil muzlatgichda saqladi
Yaponiyadagi koʻp qavatli xonadonlardan biridagi muzlatgichdan keksa ayolning murdasi topildi. Politsiya shu uyda yashagan shaxsni qoʻlga olgan. U marhumning qizi boʻlib chiqdi.
BBC manbasi tomonidan maʼlum qilinishicha, 48 yoshli Yumi Yosino oʻn yil oldin ishdan qaytganda, kvartirada onasini joni uzilgan holda topgani, shundan soʻng uni muzlatgichga yashirib qoʻyganini tan olgan. U buni volidasi oʻzi yashagan uyni hech qachon tark etishni istamagani bilan izohladi.
Politsiyaning xabar berishicha, keksa ayol jasadidan hech qanday jarohat izlari aniqlanmagan. Rasmiylar uning oʻlim vaqti va sababini ham aniqlay olishmadi.
Murda Yosino pulini toʻlay olmay, uyni tark etgandan soʻng, u yerni tozalash uchun kirgan farrosh tomonidan topilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring