Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan davlat bojini undirish va ularni soliqqa tortish tizimi takomillashtiriladi

18:17 12 Iyul 2023 Siyosat
913 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan davlat bojini undirish hamda ularni soliqqa tortish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqishdi.

Mazkur qonun loyihasi bilan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan davlat bojini undirish hamda ularni soliqqa tortish tizimini takomillashtirishni tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi III reyting guruhiga ega jismoniy shaxslardan 2024-yil 1-yanvarga qadar qatʼiy belgilangan miqdordagi soliq toʻlashdan ozod etilishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, nogironligi boʻlgan va yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar, taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar – oʻqish muddati davomida konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji toʻlashdan ozod etilishi belgilanmoqda.

Taklif etilayotgan qonun loyihasini qabul qilinishi konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi ijrochilarning reyting guruhlari sonini qisqartirish, litsenziya uchun davlat boji stavkalarini pasaytirish, shuningdek madaniyat va sanʼat sohasi vakillariga yengillik yaratish, mamlakatimizda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, xalq ogʻzaki ijodiyotini yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер