Konsepsiyada belgilangan vazifalarning ijrosiga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti

12:12 25 Iyul 2023 Siyosat
293 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining muhokamalarga boy boʻlgan majlisida deputatlar tomonidan «Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 – 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasi hamda ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, hal etilishi lozim boʻlgan ayrim kamchiliklar ham mavjudligi aytib oʻtildi.

Xususan, Konsepsiyada sohaga davlat-xususiy sheriklik mexanizmi va suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy etish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijrosiga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti.

2023-yilda melioratsiya obyektlarini taʼmirlash-tiklash loyihalari uchun ajratilgan 421,6 mlrd. soʻm mablagʻlardan 62,6 mlrd. soʻm yoki yillik limitning bor yoʻgʻi 15 foizi oʻzlashtirilgan.

Bu esa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqarishiga sabab boʻlayotgani qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер