Konstitutsiyaviy qonun loyihasi siyosiy partiyalarning masʼuliyatini oshirib, jamiyatda koʻp fikrlilikni rivojlantiradi — Aktam Hayitov
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqilmoqda.
Ayrim deputatlar ushbu qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirmoqda.
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Aktam Hayitov ishchi-guruh aʼzolari tomonidan 40 dan ortiq xorijiy mamlakatlarning saylov tizimlari va qonunchiligi oʻrganilganini alohida eʼtirof etdi.
Fraksiya rahbarining fikricha, mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi siyosiy partiyalarning maʼsuliyatini oshirishga, jamiyatda koʻp fikrlilikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring