Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalq

15:14 27 Mart 2023 Siyosat
625 0

Foto: Халқ сўзи

Samarqand viloyatining barcha hududlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengash deputatlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisidagi”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan davra suhbatlari va uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda

Samarqand tumanida boʻlib oʻtgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navroʻz Rizayev va OʻzLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari – apparat rahbari Ilhom Botirov Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning Yangi Oʻzbekistonni yangi bosqichda rivojlantirishdagi oʻrni, inson qadrini ulugʻlashdagi ahamiyati haqida soʻz yuritdi. Keyingi yillarda Samarqand tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, madaniy va boshqa sohalarida yuz bergan yirik oʻzgarishlar toʻgʻrisida gapirdi.

— Mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan katta oʻzgarishlar Konstitutsiyaviy islohotlarni taqozo etdi, — deydi OʻzLiDeP Samarqand tuman Kengashi raisi, Abdujabbor Umarov. — Takliflar berish jarayoni va qonun loyihasi muhokamasida xalqimizning faol ishtirok etgani yurtdoshlarimizning boʻlgʻusi tinch, obod kelajagiga daxldorlik tuygʻusi mustahkam ekanini koʻrsatdi. Konstitutsiyaviy islohotlar jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub fuqarolarning ijtimoiy, shaxsiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik, madaniy huquqlari va manfaatlarini taʼminlab, ishonchli himoya qilishga qaratilgan huquqiy normaga aylandi.

Uchrashuvda soʻz olgan Qonunchilik palatasi deputati N.Rizayev va boshqalar joriy yil 30-aprel kuni respublikamizda boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumida barchani faol ishtirok etishga chaqirdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер