“Konstitutsiya — oʻzimizniki!”
Joriy yilning 30-aprel kuni mamlakatimiz tarixida muhim siyosiy jarayon bilan muhrlanishi shubhasiz. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda har bir shaxsning, ayniqsa, oʻqituvchilarning huquq hamda manfaatlari kafolatlanmoqda. Albatta, bu jarayonda hamma ishtirok etishi oʻz kelajagi uchun ovoz berishi muhim.
Ayni shu maqsadda bizning maktabimizda ham bir nechta tadbirlar tashkil qilindi. “Konstitutsiya — oʻzimizniki!” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirda maktab oʻquvchilari uchun referendum jarayonlari, uning qanday oʻtkazilishi, kiritilayotgan oʻzgarishlar va konstitutsiyaviy huquqlari batafsil tushuntirib berildi.
Shuningdek, maktab tadbirlariga ota-onalar va mahalla ahli ham jalb etildi. Tadbirlar davomida maktab direktori, muassasa jamoasi hamda turli mutaxassislar ishtirok etib, yaqin kunda oʻtkaziladigan siyosiy jarayon haqida maʼruzalar qildi.
Maʼruzachilar yangilanayotgan Bosh qomusimizda insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingani, umuman, kiritilayotgan yangi moddalar va oʻzgartishlar haqida maʼlumotlar berildi.
Aytish joizki, shu kunga qadar oʻtkazilgan yigirmadan ortiq tadbirlarimizning asosiy maqsadi oʻquvchi va ularning oila aʼzolariga oʻtkazilishi kutilayotgan muhim siyosiy jarayonning bosh maqsadini tushuntirib ularni oʻz ovozi bilan ishtirok etishga chorlov boʻldi, desam, ayni haqiqat.
Dildora MARDONOVA,
Sergeli tumanidagi 269-umumtaʼlim maktabining
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring