Konstitutsiya — farovon turmush va taraqqiyotimiz asosi

08:54 31 Mart 2023 Siyosat
586 0

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida Oʻzbekiston – huquqiy davlat, deb belgilanmoqda. Xususan, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash davlatning oliy maqsadi, deya eʼlon qilinar ekan, unda inson huquqlariga oid normalar 3 baravardan ortiqqa oshmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirda bu haqda maʼlum qilindi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari Z.Ibragimova Asosiy qonunimizga kiritilayotgan oʻzgarishlar haqida yigʻilganlarga maʼlumotlar berdi.

Spiker oʻrinbosari, shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasida ham boʻlib yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati aholiga tushuntirdi.

Qayd etilganidek, yangi tahrirdagi Konstiutsiyada insonning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarda yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, har kim oʻz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqliligi belgilanyapti. Ushbu qoidaning mazmun-mohiyati shundaki, fuqarolar oʻz buzilgan huquq va erkinliklarini, oʻzgalar huquqlarini buzmagan holda, mustaqil himoya qilish huquqiga ega.

Soʻzga chiqqanlar Bosh qomusimizga muayyan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hozirgi zamon talablaridan biri ekanligini, chunki dunyo shiddat bilan oʻzgarish va rivojlanishda davom etayotganligini qayd etdilar.

Bu oʻzgarishlar mamlakatni muvaffaqiyatlar sari yetaklashi, fuqarolarimiz huquqlarini himoya qilishga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер