Kondagi imkoniyatlar kengaymoqda

18:04 23 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
1100 0

“Angren koʻmir koni” filialida bir kecha-kunduzda 350-400 kubometr toshni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan uchta liniya ishga tushirildi. Bu bilan ichki yoʻllarni qurish va taʼmirlash uchun toshni turli oʻlchamlarda maydalab, saralab yetkazib berish imkoniyati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqida Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmat xabar beradi.

− Shu paytgacha qurilish-taʼmirlash ishlari uchun moʻljallangan toshni bir oʻlchamda maydalab yetkazib berardik. Endilikda imkoniyatimiz doirasi yana-da  kengaydi,-deydi, 58-boʻlim boshligʻi Jahongir Rahmonov. Bu boʻlimda kon ustasi, mexanik, konveyer mashinisti, elektrik, payvandchi va chilangarlar mehnat qilishadi. Oybek Nasibaliyev, Ibrohim Abdullayev, Davron Toshmatov, Mirjalol Ergashev, Gʻulom Rahmonov, Tohir Gaziyev singari ilgʻor konchilar tajribasi tufayli mehnat jamoasi muttasil yutuqlarga erishmoqda.

Yangi liniya samarasi tufayli, 58-boʻlim jamoasi endi kon ichki avtomobil va temir yoʻllari qurilishi uchun oyiga oʻrtacha 10 ming tonna qayta ishlangan tosh yetkazib berish imkoniyatiga ega boʻldi.

Shodiyor MUTAHAROV
(Xalq soʻzi).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер