Konchi kommunalchilar kasb bayramini nishonlashdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Temur ESHBOYEV/«Xalq soʻzi». 2021-yildan buyon alohida davlat muassasasi sifatida faoliyatini davom ettirayotgan «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi» bugun oʻz tasarrufida Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida 5 ta mehmonxona va ularning boʻlinmalari, 9187 kishiga moʻljallangan 39 ta yotoqxona, 631 ta xizmat xonadonlariga ega.
Mazkur turar-joylarda «NKMK» AJ, «Navoiy uran» DK, «NKMK jamgʻarmasi» ishchi-xizmatchilari istiqomat qilishib, davlat muassasasi tomonidan uy-joy kommunal xizmatlari koʻrsatiladi.
— Jamgʻarmamiz va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2023-yil yanvar — dekabr oyida ishchi xodimlar va ularning oila aʼzolarining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida 944 nafariga yotoqxonalardan oʻrin joyi va xonalar ajratildi, — deydi muassasaning Uy joy masalalarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi Z. Shamshiyeva. — Shuningdek, Jamgʻarma tasarrufidagi mehmonxonalar tomonidan 7793 nafar ishchi xodimlarga 4 milliard 398 million 600 ming soʻmlik mehmonxona xizmatlari koʻrsatildi.
Jamgʻarma mehnatkashlari 18-aprel – Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kunini «Farhod» madaniyat saroyida nishonladilar. Ular sharafiga bayram dasturxoni yozilib, mehnat ilgʻorlari taqdirlandi. Jamgʻarma tasarrufidagi badiiy havaskorlik dastalarining konsert dasturi davraga fayz kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring